locale OZ

«Fenerbahche» Ake transferini rasman e’lon qildi

Niderlandiya milliy jamoasi safida jahon chempionati-2026da ishtirok etgan futbolchi ta’tili yakunlangach, turk klubining Avstriyadagi yig‘iniga borib qo‘shiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Ake transferini rasman e’lon qildi
photo: gettyimages

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Angliyaning «Manchester Siti» klubining niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake transferini rasman e’lon qildi.

Niderlandiya milliy jamoasi safida jahon chempionati-2026da ishtirok etgan futbolchi ta’tili yakunlangach, turk klubining Avstriyadagi yig‘iniga borib qo‘shiladi.

31 yoshli Ake 2020 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Jamoa safida u to‘rt marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, professional faoliyatining dastlabki qismida yosh Natan «Chelsi» safida yana ikki marta APL g‘olibligini tantana qilgan.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya milliy jamoasi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Marokash milliy jamoasiga (1:1, penaltilar seriyasida 2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting