locale OZ

Felish sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Felish sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images

“Benfika” klubi o'z tarbiyalanuvchisi Joau Felish bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Bu haqda Record xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, portugaliyaliklar yozda sobiq futbolchisini ortga qaytarishga urinib ko'radi. Hozirda u “Milan” safida ijarada o'ynamoqda. Huquqiy tomondan “Chelsi” a'zosi hisoblanadi.

“Benfika” klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan Felishni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, Joau Felish 2019 yilda “Benfika”dan “Atletiko” safiga 130 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda 25 yoshli vinger 33 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi (shundan bittasi “Milan” safida) va 3 assistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting