locale OZ

Felish “Flamengo”ga o‘tishi mumkin – manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Felish “Flamengo”ga o‘tishi mumkin – manba
Photo: Getty Images

“Milan” hujumchisi Joau Felish yozda Braziliyaning "Flamengo" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri ma'lum qildi.

Manbada aytilishicha, Braziliya klubi yarim himoyachini KO‘JCHga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Musobaqa 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tkaziladi.

Klub Felish orqali tarkibni kuchaytirmoqchi. "Chelsi"ga tegishli portugaliyalik futbolchi klubning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Futbolchining “Milan” bilan kelishuvi yakuniga yetmoqda. Milan klubi kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Futbolchi “Flamengo”ga o‘tadigan bo‘lsa, 20 iyun kuni "Flamengo"ning KO‘JCH doirasida o‘tkaziladigan ikkinchi o‘yinida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting