Felipe Luis «Bayer»ni boshqarishga asosiy nomzod
Bu haqda Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik murabbiy Filipe Luis Leverkuzenning «Bayer» klubini boshqarishga yaqin, deb xabar bermoqda jurnalist va insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqda.
Manbaga ko‘ra, Bundesliga klubi yangi bosh murabbiy qidirmoqda va 40 yoshli mutaxassis ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Klubda bosh murabbiylikka bir nechta muqobil variantlar bor, biroq Filipe Luis asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan va kelishuvga erishilishi bilanoq, «Bayer» amaldagi murabbiy Kasper Yulmannning ketishini e’lon qiladi.
Filipe Luisning murabbiy sifatidagi so‘nggi ish joyi Braziliyaning «Flamengo» klubi bo‘lib, u yerda 2024 yildan 2026 yilgacha ishlagan va Libertadores Kubogini qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist