locale OZ

Feliks Saudiya Arabistonida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Chempionatdagi to‘rtta o‘yinda portugal futbolchisi 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Feliks Saudiya Arabistonida oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Joau Feliks Saudiya Arabistonida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Joriy yilning yozidan buyon "An-Nasr" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Avgust oyining oxirida bo‘lib o‘tgan birinchi tur ham hisobga olindi.

Chempionatdagi to‘rtta o‘yinda portugal futbolchisi 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “An-Nasr” klubi esa Saudiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting