locale OZ

Federiko Valverde Xabi Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Avvalroq madridliklar ispaniyalik mutaxassisni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Federiko Valverde Xabi Alonsoning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning iste’fosi yuzasidan fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazilgach, ertasi kuni lavozimidan ozod etilgan edi.

«Ustoz, sizga va har doim o‘z ishiga professional munosabatda bo‘lgan butun murabbiylar shtabiga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Oldingizda turgan barcha ishlaringizda omad tilayman», — deb yozdi Valverde ijtimoiy tarmoqlarda.

Xabi Alonso 2025 yil yozidan buyon «Real»ni boshqarib kelayotgandi. Uning o‘rniga jamoa bosh murabbiyi etib madridliklarning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa tayinlandi.

Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar hisobida 19 uchrashuvdan keyin 45 ochko mavjud. Chempionlar ligasida esa jamoa 12 ochko bilan umumiy jadvalda yettinchi pog‘onada bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting