locale OZ

Federiko Valverde Tchuameni bilan kiyinish xonasidagi janjal haqida: «Bu vaziyat kelajakda meni yanada yaxshi sardorga aylantiradi»

Toʻqnashuv natijasida urugvaylik futbolchi boshidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Federiko Valverde Tchuameni bilan kiyinish xonasidagi janjal haqida: «Bu vaziyat kelajakda meni yanada yaxshi sardorga aylantiradi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde shu yilning may oyi boshida jamoadoshi Aurelian Tchuameni bilan kiyinish xonasida yuz bergan koʻngilsiz hodisa borasidagi his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi. Oʻshandagi toʻqnashuv natijasida Valverde boshidan jarohat olgan edi. Klub ichki intizomiy surishtiruv yakunlariga koʻra, har ikki futbolchi ham 500 ming yevrodan jarimaga tortilgandi.

«Men oʻzimni yaxshi his qilyapman. Juda koʻp insonlardan, muxlislardan va klubdan katta qoʻllab-quvvatlash hamda mehr koʻrdim. Oʻsish va ulgʻayish uchun baʼzida mana shunday kichik toʻsiqlarni ham bosib oʻtishga toʻgʻri keladi. Bu voqealarning barchasi kelajakda meni yanada yaxshiroq sardorga aylantirishiga ishonaman», — deya Valverdening soʻzlarini keltirmoqda Cadena Ser nashri.

Ortda qolgan mavsumda urugvaylik yarim himoyachi «Real» safida barcha turnirlar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting