locale OZ

Federiko Valverde «Real Madrid»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Urugvaylik xavbek oʻtgan oyda oltita uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Federiko Valverde «Real Madrid»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Federiko Valverde jamoasining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi sovrini sohibiga aylandi. O‘tgan oy davomida urugvaylik xavbek oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta samarali uzatmani amalga oshirdi.

«Ushbu mukofotni yana bir bor qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman va juda baxtliman. Buning uchun menga yaxshi natijalarga erishishda ko‘maklashayotgan jamoadoshlarimdan minnatdorman. Jamoamizda ijobiy dinamika va yuqori energiya borligiga ishonaman. Biz o‘tgan oydagi kabi bor e’tiborimizni maqsadlarimizga qaratganmiz. Hammasidan ko‘nglim to‘q.

Jamoamiz juda ahil va barcha futbolchilar birgalikda kurashmoqda. Biz mavsum oxiriga qadar qolgan barcha titullarni qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilganmiz. Asosiysi, har bir o‘yinchi, jumladan, imkoniyat berilayotgan akademiya tarbiyalanuvchilari ham «Real» yuqori cho‘qqilarda qolishi uchun bor kuchini sarflamoqda», — deya Valverdning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting