locale OZ

Federiko Kyeza «Yuventus»ga qaytishga tayyor — manba

Italiyalik hujumchi ijara asosida turinliklar safiga qoʻshilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Federiko Kyeza «Yuventus»ga qaytishga tayyor — manba
FOTO: Getty Images

«Liverpul»ning o‘ng qanot hujumchisi Federiko Kyeza «Yuventus»ga qaytishga tayyor. Turin klubi futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishni kelasi haftadayoq boshlashi kutilmoqda. Shu bilan birga, «Liverpul» rahbariyati futbolchi bilan vaqtinchalik emas, balki to‘liq transfer asosida xayrlashishni afzal ko‘rmoqda.

Italiyalik futbolchi 2024 yil avgust oyida «Yuventus»dan «Liverpul»ga 12 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning mersisaydlar bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kyezaning hozirgi bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

«Yuventus» safidagi faoliyati davomida Kyeza 131 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol va 24 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy mavsumda esa u «Liverpul» tarkibida 20 o‘yinda qatnashib, jami 469 daqiqa maydonda bo‘ldi hamda ikki gol va uch assist muallifiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting