locale OZ

Fayzullayev transferida moliyaviy bahslar davom etmoqda

“Bashakshehir” 7,5 mln o‘rniga CSKAga faqat 6 mln yevro o‘tkazdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Rossiyada o‘zbek futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning CSKAdan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tgan transferi atrofida tortishuvlar davom etmoqda. Xalqaro sanksiyalar tufayli turklar deyarli bir oy davomida to‘lovni amalga oshira olmagan edi.

Yaqinda “Bashakshehir” mablag‘ni o‘tkazdi va CSKA futbolchining yangi klubi uchun ruxsat beruvchi sertifikatni yo‘lladi. Biroq 24 avgust kuni ma’lum bo‘lishicha, Moskva klubi kutilgan 7,5 mln yevro o‘rniga faqat 6 mln yevro olgan. Qolgan 1,5 mln yevro hozircha Turkiyadagi maxsus hisobda saqlanmoqda.

Rossiyalik jurnalistlardan ayrimlari CSKA ushbu mablag‘ni Turkiyada qoldirib, yangi transferlar uchun ishlatishni rejalashtirayotganini taxmin qilmoqda. Boshqalar esa “Bashakshehir” o‘zgacha moliyaviy o‘yin o‘tkazayotganini ta’kidlmoqda. Rasmiy jihatdan kelishuv yopilgan bo‘lsa-da, to‘lov masalasidagi noaniqlik hali ham saqlanib turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting