locale OZ

Fayzullayev masalasida CSKA tanqidga uchradi

Sobiq murabbiy Tashuev Chelestini qarorini shubha ostiga qo'ydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

"Axmat" jamoasining sobiq murabbiyi Sergey Tashuev CSKA bosh murabbiyi Fabio Chelestinining o'zbek yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevni asosiy tarkibdan tashqarida qoldirgani borasida tanqidiy fikr bildirdi.

Tashuevni o'zbek hujumkor yarimhimoyachisining start tarkibda yo'qligi hayratga soldi. "Tezkor futbol — yaxshi, lekin bu yo'nalishda kuchayish kerak. Chunki Kislyak ham, Oblyakov ham toza tayanch yarimhimoyachi emas. Kislyak hech bo'lmaganda himoyada ishlay oladi, lekin Oblyakov bunday emas", — dedi u.

Murabbiy ayniqsa, Chelestinining Fayzullayev o'rniga Krugovoyni maydonga tushirganini to'g'ri deb hisoblamadi.

"Unda harakatchanlik, bosimda faollik bor, lekin Fayzullayevga xos bo'lgan hujumkor kreativ unda yo'q. Balki murabbiy hali jamoani o'rganayotgandir. Ammo so'nggi yillarda CSKAda eng yaxshi hujumkor futbolchilardan biri bo'lgan o'yinchini zaxirada qoldirib, himoyaviy yondashuvga ega o'yinchini tushirishi qiziq holat. Krugovoy o'tgan mavsumda ham alohida farqlanmagan", — dedi Tashuev.

Bu tanqidlar Fayzullayevning "Istanbul Bashakshehir"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar fonida yangradi. Shu bois CSKAdagi o'zbek futbolchisining kelajagi atrofidagi savollar yanada kuchaymoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting