Fayzullaevning birinchi murabbiyi: Abbos muxlislarni hafa qilmaydi
Dmitriy An futbolchining kelajakdagi qarori haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Rasm: Sports.ru
CSKA jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An uning kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi. Avvalroq OAVda uning jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
— Abbos qanday qaror qabul qilish kerakligini o‘zi yaxshi his etadi. Hozirgi vaziyat to‘liq ma’lum emas, ayniqsa, CSKAda yangi murabbiy tayinlanganini hisobga olsak. Bir narsaga ishonchim komil: u o‘z manfaatlari uchun to‘g‘ri qaror qabul qiladi. Shu bilan birga, men Abbosni yaxshi bilaman. U bilan bir necha marta uchrashganmiz va u CSKA haqida doimo iliq fikr bildirgan. Shuning uchun, u muxlislar yoki klub rahbariyatini ranjitadigan qaror qabul qilmaydi, — dedi An.
Bakradze Iman
Redaktor