locale OZ

Fayzullaev va Shomurodov Yevropada bir jamoada to'p surishiga rossiyaliklar to'siq bo'lmoqda

CSKA Abbosni “Bashakshehir”ga qo'yib yuborishni istamayapti
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

CSKA tarkibida to'p surayotgan o'zbek futbolchisi Abbos Fayzullaevning Turkiyaning “Bashakshehir” klubiga o'tishi amalga oshmasligi mumkin. Manbalarga ko'ra, Moskva klubining yangi bosh murabbiyi Fabio Selestini 20 yoshli futbolchiga ishonmoqda va uni jamoa tarkibida saqlab qolish niyatida.

Klub rahbariyati Fayzullaev o'tgan mavsumda kam maydonga tushganiga qaramay, hali ham murabbiylar rejasida ekanini ta'kidlamoqda. Armiyachilar muxlislari bu masalada ikki guruhga bo'lingan: ayrimlar futbolchiga yana imkoniyat berish kerak deb hisoblashsa, boshqalar uni zaxira o'yinchisi sifatida jamoani tark etishi mumkinligini aytishmoqda.

Ma'lumot uchun, Abbos Fayzullaev 2023 yili CSKAga kelib qo'shilgan. O'tgan mavsum Rossiya Premyer-ligasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting