Faysal Mulich – «So‘g‘diyona» futbolchisi
Kelishuv 2026 yil yakunigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"So‘g‘diyona" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Jamoa serbiyalik tajribali hujumchi Faysal Mulich bilan shartnoma imzolaganini rasmiy ravishda e'lon qildi. Kelishuv 2026 yil yakunigacha amal qiladi.
Mulich faoliyati davomida Yevropa va Osiyoning bir qator klublarida to‘p surgan. U "Myunxen 1860", "Royal Muskron", "Hapoel Akre", "Hapoel Tel-Aviv", "Bnei Yehuda", "Mura", "Velez Mostar", "Seongnam", "Suwon Bluings", "Elimay" va "Buriram" jamoalarida o‘ynagan.
"So‘g‘diyona" klubi yangi legionerdan jamoaga foyda keltirishi, ko‘plab gollar urishi va yorqin o‘yinlar namoyish etishini kutmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist