Faxriylarimiz Warsaw Veteran European Cup 2026 turnirida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi
Dunyoning 28 davlatidan 200 nafarga yaqin faxriy dzyudochilar ishtirok etishdi.
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi
Polsha poytaxti Varshava shahrida faxriylar o‘rtasida Warsaw Veteran European Cup 2026 turniri bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 28 davlatidan 200 nafarga yaqin faxriy dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining barcha to‘rt nafar vakili chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Bu esa terma jamoamizning kuchli beshlikdan joy olishini ta’minladi.
Timur Xudaykulov (-73 kg), Bahrom Inoyatov (-81 kg), Yerbol Rustamov (+100 kg) va Hamid Atajanov o‘z yosh hamda vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist