locale OZ

Farrux Qodirov – «Surxon» futbolchisi

U 25ta gol urib, 10ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farrux Qodirov – «Surxon» futbolchisi
Фото: Бунёдкор ПФК

“Surxon” klubi futbolchilar seleksiyasini davom ettirmoqda.

Bu safar jamoaga yosh va iste’dodli hujumchi Farrux Qodirov kelib qo‘shilganini e’lon qildi.

21-yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda Bunyodkor U21 jamoasi safida to‘p surib, yoshlar chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi — u 25ta gol urib, 10ta golli uzatma amalga oshirdi.

“Mazkur transfer klubimizning yosh futbolchilarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasini davom ettiradi. Qodirov bilan shartnoma 2+2 tizimi asosida imzolandi”, - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting