Farrux Ibrohimov «Xorazm»ni tark etdi
Futbolchi mavsum oldidan jamoa bilan shartnomasini uzaytirgandi.
Фото: Хоразм ПФК
“Xorazm” jamoasi tarkibida o‘zgarish yuz berdi.
Sports24.uz xabar berishicha, himoyachi Farrux Ibrohimov jamoani tark etgan.
Futbolchi mavsum oldidan jamoa bilan shartnomasini uzaytirgandi.
Ibrohimov birinchi davraning 11 ta turida birorta bahsda ham maydonga tushgani yo‘q. O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida “Qoraqalpog‘iston FA”ga qarshi bahsda to‘liq harakat qildi.
Farrux bundan oldin “Lokomotiv”, “Metallurg” va “Buxoro” jamoalarida to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist