Farruх Zokirov: “Ikkinchi tomondan juda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurishgani uchun yigitlarga e’tirozim bor”
Futzal bo‘yicha Oliy liga 4-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Neftchi” (2:) bahsidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Farruh Zokirov o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun prinsipial o‘yin, olti ochkolik uchrashuv edi. Biz g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik. Uchrashuv avvalida hammasi biz o‘ylagandek ketayotgan edi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so‘ng yigitlarda konsentratsiya yo‘qolgandek bo‘ldi. “Surxon”ga har ikkala golni o‘zimiz sovg‘a qildik. Xayriyat, so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldik. Bir tomondan mag‘lubiyatga uchramaganimizdan xursandman. Ikkinchi tomondan juda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurishgani uchun yigitlarga e’tirozim bor. Keyingi uchrashuvda bugungi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaymiz, deb o‘ylayman”, - dedi Zokirov O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.