locale OZ

Farioli «Chelsi»ni boshqarmoqchi emas

Fariolining "Portu" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farioli "Chelsi"ni boshqarmoqchi emas
ФОТО: Getty images

“Portu” bosh murabbiyi Franchesko Farioli “Chelsi”ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq klub Liam Rosenyor o‘rniga italiyalik mutaxassisni taklif qilishni o‘ylab turgani xabar qilingandi.

“Men “Portu" murabbiyiman va bu yerda ishimni davom ettirayotganimdan xursandman”, — dedi insayder Fabrizio Romano iqtibos keltirgan Farioli.

Ma’lumot uchun, uning jamoasi Portugaliya ligasi chempionligini deyarli kafolatlab bo‘lgan — chempionat yakuniga uch tur qolganida ikkinchi o‘rindagi “Benfika” bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etmoqda. Fariolining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting