locale OZ

Farhod Bekmuratov «Asia»ga o'tishga yaqin

Farhod o'tgan yili “Qizilqum”da to'p surdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farhod Bekmuratov «Asia»ga o'tishga yaqin
Фото: Қизилқум ПФК

O'zbekistonlik yarim himoyachi Farhod Bekmuratov faoliyatini Qirg'iziston chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sports24.uz xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi Qirg'izistonning “Asia” klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bu klubni hozirda “Andijon” va “Paxtakor”ning sobiq ustozi Maksim Shatskix boshqarmoqda.
Farhod o'tgan yili “Qizilqum”da to'p surdi. U klub safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bekmuratov faoliyati davomida “Andijon”, “Qo'qon-1912”, “Metallurg” jamoalarida ham o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting