Farg'onada zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Beshariq tumanida barpo etildi.
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona viloyati Beshariq tumani Qiyat-Sartol mahallasida joylashgan 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan “Tashabbusli sport” loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ushbu sport inshooti yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist