Farg‘onada yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Sport vazirligi
Farg‘ona viloyat futbol maktabida yangi barpo etilgan zamonaviy sun’iy qoplamali futbol maydonining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Yangi futbol maydoni bilan bir qatorda, sport zali hamda 550 nafar muxlisni sig‘dira oladigan tribunalar ham to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Yaratilgan zamonaviy sharoitlar natijasida futbol maktabida shug‘ullanuvchilar soni sezilarli darajada ortishi kutilmoqda. Xususan, ilgari 850 nafarni tashkil etgan qamrov endilikda 1 500 nafarga yetadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist