Farg‘onada hakamlar ishtirokidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidavom etmoqda.
Proligada faoliyat olib boruvchi bosh hakamlar va yordamchi hakamlar Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bugun ham o‘yinlarda faoliyat olib bordi.
photo: UzFHM
Superligaga nomzod bo‘lgan, Proligada faoliyat olib boruvchi bosh hakamlar va yordamchi hakamlar Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bugun ham o‘yinlarda faoliyat olib bordi.
Uchrashuvlardan so‘ng mutaxassislar ishtirokida o‘yin epizodlari batafsil tahlil qilinib, hakamlarning qarorlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Bahsli vaziyatlar muhokama qilinib, kamchiliklar ustida ishlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yig‘in Superliga darajasida ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan hakamlar uchun muhim bosqich bo‘lib, ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor