Farg'onada futbol maydonida janjal ko'targan besh nafar fuqaro jazolandi
Buvayda tumanida futbol uchrashuvidan so'ng yuzaga kelgan mojaro uchun besh nafar fuqaroga ma'muriy jazo tayinlandi
Rasm: Telegram
Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida futbol uchrashuvidan so'ng yuzaga kelgan mojaroda ishtirok etgan besh nafar fuqaro qo'lga olindi. Ma'lumotlarga ko'ra, o'yindan keyin tushunmovchilik kelib chiqib, u mushtlashuvga aylangan.
2 avgust kuni tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudi mazkur ish yuzasidan qaror chiqardi. Tartibbuzarlarga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) hamda 194-moddasining 1-qismi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosida chora ko'rildi.
Sud qaroriga ko'ra, bitta ishtirokchi 10 sutka, boshqasi 7 sutka, qolgan uch nafari esa 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi bilan jazolandi.
Bakradze Iman
Redaktor