Farg'onada «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida mini futbol musobaqasi bo'lib o'tdi
Farg'ona davlat universiteti g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona davlat universiteti sport majmuasida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa davomida jamoalar o'zaro kuch sinashib, g'oliblik uchun qizg'in bahs olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin — Farg'ona davlat universiteti
2-o'rin — Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
3-o'rin — Central Asian Medical University
Mazkur musobaqa yoshlarni sog'lom turmush tarziga chorlash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist