Farg‘ona viloyati hokimi kubogi–2026: OKMK U-21 turnirni g‘alaba bilan boshladi
Har yil boshida mamlakatimiz bo‘ylab futbolni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ularning mahoratini oshirish maqsadida turli nufuzli turnirlarga start beriladi. Shular qatorida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Farg‘ona viloyati hokimi kubogi» ham alohida e’tiborga loyiq musobaqalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilgi turnirda jami 20 ta jamoa, jumladan OKMK U-21 jamoasi ham ishtirok etmoqda. 28-yanvardan 10-fevralga qadar davom etadigan musobaqaning qur’a natijalariga ko‘ra, vakillarimiz «B» guruhidan joy olgan va unda «Yaypan» U-19, «Andijon» U-21, «Farg‘ona FA» hamda «Zafar» jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Kecha OKMK U-21 jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini «Farg‘ona FA» jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv davomida tashabbusni qo‘ldan boy bermagan yoshlarimiz 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi.
P.S.: Musobaqa formati bo‘yicha batafsil ma’lumot yuqoridagi fotoda keltirilgan.