Farg‘ona va Samarqand shaharlarida OFKning “B” litsenziyasi bo‘yicha murabbiylik o‘quv kurslarining 2-moduli muvaffaqiyatli yakunlandi
Farg‘ona va Samarqand shaharlarida OFKning “B” litsenziyasi bo‘yicha murabbiylik o‘quv kurslarining 2-moduli muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur kurslar davomida ishtirokchilar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, zamonaviy futbol metodikasi, mashg‘ulotlarni rejalashtirish hamda futbolchilarni tayyorlashning ilg‘or usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.
Farg‘onadagi kurslarda PFK “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov hamda uning murabbiylar shtabi ishtirok etib, o‘z tajriba va bilimlari bilan tinglovchilar bilan o‘rtoqlashdi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan kurslar esa FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev boshchiligida tashkil etildi. Unda Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 24 nafar murabbiy qatnashib, amaliy va nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
O‘quv kurslari murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy futbol talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.