Farg‘ona shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqaga start berildi
Joriy yilning 20–21-aprel kunlari Farg‘ona viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "Grand Prix Fergana" hamda "Grand Prix Fergana Ladies" xalqaro musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Ushbu nufuzli sport tadbirida dunyoning qator davlatlaridan jami 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Jumladan, Indoneziya, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Mongoliya, Fransiya, Angliya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, Belarus va O‘zbekiston kabi davlatlardan sportchilar qatnashmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, velosport federatsiyasi mas’ullari, sportchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur xalqaro musobaqa sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, velosportni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.