FarDU jamoasi yozgi ta’tilga chiqdi
Farg'ona klubi Pro Liga 11-tur doirasida 25-iyul kuni oʻz maydonida “Lochin” jamoasini qabul qiladi.
Фото: ФарДУ
Oʻzbekiston Pro ligasi 10-turidan so‘ng “FarDU” jamoamiz qisqa muddatli yozgi ta’tilga chiqdi.
Xabaringiz bor 11-iyundan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi. Milliy terma jamoamiz ham ushbu mundialda ishtirok etishi sababli Proligada tanaffus yuzaga keldi. Shu bois jamoa a’zolariga qisqa muddatli ta’til berildi.
Jamoaning navbatdagi uchraahuvi Pro Liga 11-tur doirasida 25-iyul kuni oʻz maydonida “Lochin” jamoasini qabul qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist