Falkao \"Millonarios\"ni tark etdi
Photo: Getty Images
Kolumbiyalik futbolchi Radamel Falkao “Millonarios” jamoasini tark etdi. Bu haqda klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi shu qarorga kelgan. U 2024 yilning yozidan beri “Millonarios” safida to‘p surib kelayotgan edi.
Falkao ushbu klub safida 29 ta o‘yinda 11 ta gol urdi. Endilikda Radamel faoliyatini ham yakunlashi mumkin. Tez orada u yakuniy qarorini e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Falkao “Atletiko”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Monako” va “Galatasaroy” kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor