Falastin futboli rahbari ham AQShga kiritilmadi
AQSh hukumati Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajubga mamlakatga kirish uchun viza bermadi. Qizigʻi shundaki, Rajub FIFA tomonidan rasmiy akkreditatsiyadan oʻtgan va mundial doirasidagi tadbirlarda qatnashishi kerak edi.
Rajub allaqachon Meksikaga yetib borgan va Meksika hamda Janubiy Afrika oʻrtasidagi ochilish uchrashuvini stadiondan turib tomosha qilgan. Biroq endi u AQShda oʻtkaziladigan oʻyinlarga tashrif buyurish imkoniyatidan mahrum boʻldi.
Falastin futboli rahbari bu qarorni adolatsiz deb atab, sport vakillarining xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini cheklash futbol qadriyatlariga zid ekanini taʼkidladi.
Eʼtiborlisi, bu viza bilan bogʻliq ilk holat emas. Avvalroq somalilik hakam Omar Artan ham AQShga kirilmagandi. Shuningdek, ayrim jurnalistlar, delegatsiya vakillari va hatto chipta sotib olgan muxlislar ham viza va kirish masalalarida muammolarga duch kelmoqda.
FIFA esa mezbon davlatlarning immigratsiya siyosati va viza qarorlariga aralashmasligini maʼlum qilgan.