locale OZ

Fae: «Futbolchilar JCH pley-off bosqichiga chiqish tarixiy imkoniyatiga juda yaqin ekanliklarini bilishadi»

Kot-d’Ivuar ustozi Kyurasao qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fae: "Futbolchilar JCH pley-off bosqichiga chiqish tarixiy imkoniyatiga juda yaqin ekanliklarini bilishadi"
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Kyurasao
0
Kot-d’Ivuar
2

Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Emers Fae Kyurasaoga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ekvador (1:0) va Germaniya (1:2) bilan bo‘lgan o‘yinlarda ko‘rsatgan fidoyilik, ruhiy tayyorgarlik va shiddatni namoyish etish qobiliyatimiz asosiy omil bo‘ladi. Agar ertaga raqibga hurmat bilan yondashsak, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lamiz deb o‘ylayman.

Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng tiklanish uchun vaqtimiz bo‘ldi. Jamoaning kayfiyati a’lo. Futbolchilar jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish tarixiy imkoniyatiga juda yaqin ekanliklarini bilishadi», — deya Faening so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Kyurasao terma jamoasi E guruhi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Kot-d’Ivuar uch ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting