locale OZ

Fabrizio Romano transferlar bo‘yicha ish uslubini o‘zgartirmoqchi

Romanoning aytishicha, u kelajakda transferlar bilan ayni paytdagidek usulda shug‘ullanmasligi mumkin.
Fabrizio Romano transferlar bo‘yicha ish uslubini o‘zgartirmoqchi
Foto: Getty Images

Mashhur futbol insayderi Fabrizio Romano yozgi transfer oynasi yakunlangach, transfer bozori bilan ishlashdagi hozirgi formatini o‘zgartirishini ma’lum qildi.

Romanoning aytishicha, u kelajakda transferlar bilan ayni paytdagidek usulda shug‘ullanmasligi mumkin. Jurnalist yangi yondashuv va ish formatiga o‘tish vaqti kelganini ta’kidlab, bu haqda yozgi transfer oynasi yopilgach batafsil ma’lumot berishini aytdi.

Romano futbol olamida transfer yangiliklarini tezkor yetkazishi va mashhur “Here we go” iborasi bilan tanilgan. Ushbu jumla odatda klublar va futbolchi o‘rtasida kelishuvga erishilganini anglatadi.

Shu sabab hozircha “Romano transfer jurnalistikasini tark etmoqda” yoki “Here we go tugadi” deyish to‘g‘ri emas. Aniq ma’lum bo‘lgani — u hozirgi ish uslubini o‘zgartirmoqchi va tafsilotlarni transfer oynasi yopilgach ochiqlaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting