Fabritsio Romano Vinisiusning kelajagi borasida so‘nggi ma'lumotlarni oshkor qildi
“Real Madrid” Vinisiusni jamoaning kelajagi uchun muhim futbolchilardan biri deb hisoblamoqda va unga yaxshilangan shartnoma taklif qilgan.
Foto: Getty Images
Transferlar bo‘yicha ishonchli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, Vinisius Juniorning ustuvor maqsadi — “Real Madrid”da qolish. Braziliyalik futbolchi va klub o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda hamda tomonlar ijobiy siljishga erishgan.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” Vinisiusni jamoaning kelajagi uchun muhim futbolchilardan biri deb hisoblamoqda va unga yaxshilangan shartnoma taklif qilgan. Klub braziliyalik yulduz bilan kelishuvni imkon qadar tezroq yakunlashni istamoqda.
Shu tariqa, so‘nggi haftalarda Vinisiusning boshqa klublarga o‘tishi borasida tarqalgan mish-mishlarga qaramay, hozircha uning “Real Madrid”ni tark etishi kutilmayapti. Aksincha, tomonlar yangi shartnoma imzolashga yaqinlashmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist