Fabritsio Romano: Rodrining \"Real Madrid\"ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?
Taniqli insayder Fabritsio Romano "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining "Real Madrid"ga ehtimoliy transferi nega amalga oshmayotganiga izoh berdi.
Romanoning ma'lum qilishicha, ayni paytda ushbu transferdagi asosiy to‘siq — "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres. Klub rahbari Rodrini transfer qilish g‘oyasini hozircha qo‘llab-quvvatlamayapti, shu sababli muzokaralar deyarli to‘xtab qolgan.
Shu bilan birga, Rodrining o‘zi kelajakda "Real Madrid" safida to‘p tepishga qarshi emas. Biroq Florentino Peresning pozitsiyasi o‘zgarmaguncha bu transfer bo‘yicha jiddiy harakatlar kutilmayapti.
Qayd etilishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo tomonlar hali moliyaviy shartlar borasida kelishuvga erishmagan. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Rodri 2027-yilda erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkin.