locale OZ

Fabritsio Romano “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishini aytdi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Fabritsio Romano “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishini aytdi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romano joriy mavsum “Oltin to'p”ni kim qo'lga kiritishi haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, “Barselona” vingeri Lamin Yamal ushbu mukofotga ega chiqadi.

- “Oltin to'p”ni bu yil Lamin Yamal qo'lga kiritadimi?

- Menimcha, ha, u qo'lga kiritadi deb o'ylayman. Biz bu haqida ko'p hamkasblarim, jurnalistlar bilan suhbatlashdik. Hammaning fikri shunga boradi.

Ayni damda Yamal singari jozibali futbol o'ynaydigan boshqa futbolchi yo'q. U maydonda haqiqiy mo'jizalarni namoyish etmoqda va bu “Oltin to'p”ga munosib ko'rsatkich”, - deydi Romano.

Ma'lumot uchun, 17 yoshli Yamal joriy mavsum “Barselona” safida 55 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting