Fabrisio Romano: «Xabi Alonso «Chelsi»ning transfer siyosatiga bevosita ta’sir oʻtkazadi»
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, yaqin vaqt ichida Londonning «Chelsi» klubi boshqaruvini qoʻlga olishi kutilayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso yangi jamoasida transfer strategiyasini belgilashda keng vakolatlarga ega boʻladi.
Romano oʻzining YouTube kanalidagi videoda ushbu kelishuvning muhim tafsilotlarini ochiqladi:
«Mening tushunishimcha, Xabi Alonso «Chelsi»ning transfer strategiyasini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Uning londonliklar taklifini qabul qilganining asosiy sabablaridan biri ham unga futbolchilar va pozitsiyalarni tanlash, rejalashtirish hamda muhokama jarayonlarida qatnashish huquqi vaʼda qilinganidir.
Albatta, bu qarorlar klub rahbariyati, ya’ni «Chelsi»da yakuniy soʻzni aytadigan mutasaddilar bilan birgalikda qabul qilinadi. Jarayon faqat bosh murabbiyning xohishiga bogʻliq boʻlib qolmaydi, biroq zamonaviy futbolda murabbiyga bunday vakolat berilishi kamdan-kam kuzatiladigan holat. Xabi uchun bu juda muhim shart edi».
Eslatib oʻtamiz, avvalroq OAVda Xabi Alonsoning «Chelsi» bosh murabbiyligiga tayyinlanishi deyarli hal boʻlgani haqida xabarlar tarqalgan edi.