locale OZ

Fabrisio Romano Liam Rosenyorning «Chelsi»dagi kelajagi haqida: «Klub hozircha uni qo‘llab-quvvatlamoqda»

Avvalroq mutaxassis joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabrisio Romano Liam Rosenyorning «Chelsi»dagi kelajagi haqida: «Klub hozircha uni qo‘llab-quvvatlamoqda»
FOTO: Getty Images

Taniqli insayder Fabrisio Romano «Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyorning jamoadagi istiqboli va uning iste’fosi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, «ko‘klar» barcha turnirlar doirasida ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Romanoning ta’kidlashicha, klub rahbariyati hozircha murabbiyni almashtirish bo‘yicha rasmiy harakatlarni boshlamagan.

«Ayni damda «Chelsi» biror bir o‘zgarish bo‘lishi haqida xabar bermadi. To‘g‘ri, klubda joriy holatdan norozilik bor, biroq Liam Rosenyor jamoaga mavsum o‘rtasida, yetarli tayyorgarliksiz kelganini ham unutmaslik lozim. Shu bilan birga, «Chelsi» kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishni maqsad qilgan. Mavsum yakuniga qadar hali vaqt bor, kelgusi ikki oy qanday o‘tishini kuzatamiz.

Ammo hozircha «Chelsi» Rosenyorni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Murabbiyning o‘zi ham «Everton» bilan o‘yindan oldin bu haqda ochiq gapirdi: g‘alabalar va yozgi transfer rejalari bo‘yicha rahbariyat bilan muzokaralar olib borilmoqda. Rosenyor o‘ziga to‘liq ishonmoqda. Hozircha klubdagi vaziyat aynan shunday», — dedi Romano.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting