locale OZ

Fabrisio Romano: Jordan Henderson \"Chelsi\" futbolchisi

Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso jamoaga tajribali va yetakchilik qila oladigan futbolchilarni jalb etishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabrisio Romano: Jordan Henderson "Chelsi" futbolchisi
Foto: Getty Images

Angliyalik tajribali yarimhimoyachi Jordan Henderson faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishga yaqin turibdi. Mashhur insayder Fabrisio Romano ushbu transfer bo‘yicha "Here we go!" iborasini e’lon qilib, kelishuv yakunlanganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi "Brentford" bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgan va erkin agent sifatida "Chelsi" safiga qo‘shiladi. Henderson London klubi bilan 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso jamoaga tajribali va yetakchilik qila oladigan futbolchilarni jalb etishni istamoqda. Shu sababli Henderson transferi klubning yozgi ustuvor maqsadlaridan biri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Henderson 2011–2023-yillar davomida "Liverpul" sharafini himoya qilib, klub sardori sifatida UEFA Chempionlar ligasi, Angliya Premyer ligasi va bir qator boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng u "Al-Ittifoq", "Ayaks" va "Brentford" safida to‘p surdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting