locale OZ

Fabregasning murabbiylik maktab

Keyin Gvardiola bilan hammasi ko‘proq taktikaga va to‘p nazoratiga asoslangan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Fabregasning murabbiylik maktab
photo: Google

Sesk Fabregasning murabbiylik maktabi:

«Bu juda ajoyib. Men muayyan bir yo‘nalishda, ya’ni «Barselona» uslubida tarbiya topganman. Keyinchalik esa faoliyatim davomida barcha murabbiylar mendan talab qilgan har bir narsaga moslashib bordim.

Arsen Venger yaxshi futbol tarafdori edi, lekin juda vertikal va tezkor. Bir soniyada o‘z jarima maydonchamizda himoyalanayotgan bo‘lsak, ikki soniyadan keyin Terri Anri gol urayotganini ko‘rardingiz.

Keyin Gvardiola bilan hammasi ko‘proq taktikaga va to‘p nazoratiga asoslangan edi.

Konte bilan esa bu ko‘proq tizim edi. «Robotik» futbol. U bizga nima qilishimiz kerakligini ipidan-ignasigacha tushuntirardi. A, B, V, G — to‘pni qayerga uzatish kerakligigacha, u senga boshqacha mexanizmlarni berardi.

Del Boskeda esa futboldan ko‘ra ko‘proq boshqaruvni ko‘raman. Biz taktika ustida u qadar ko‘p ishlamasdik. U detallarga ruju qo‘ymasdi, lekin uning insonlar va o‘yinni boshqarish qobiliyati shunchaki ajoyib edi.

Va nihoyat Mourino... U bilan aql bilan o‘ynashni o‘rganasan. U seni qanday ruhlantirishi, senga qanday chaqiruv tashlashi... Uning metodologiyasi va mashg‘ulotlari juda ta’sirli edi».

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting