Fabregasning «Komo»si yozgi oyna uchun yirik transferlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Romano
Ses Fabregas boshchiligidagi Italiyadagi "Komo" klubi yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishga bel bog‘lagan, chunki yangi mavsumda jamoa o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Insayder Fabrizio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, klub tarkibni kuchaytirish uchun ikki nafar futbolchini nishonga olgan.
Fabregas "Kruzeyro" himoyachisi Kayki va Dortmundning "Borussiya" klubi a'zosi Yan Koutoni taklif qilib, braziliyalik duetni shakllantirishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, Kaykining transfer narxi 14 mln yevro, Koutoniki esa 17 mln yevro bo‘ladi.
Ses Fabregas 2024 yil 19 iyul kuni "Komo" bosh murabbiyiga aylandi. U klub bilan to‘rt yil muddatga — 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.