Fabregas: «APL — dunyoning eng yaxshi ligasi»
Italiyaning “Komo” klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas kelajakda Angliya Premyer-ligasiga qaytishni istisno etmasligini tasdiqladi.
“APL — dunyoning eng yaxshi ligasi. Men bu haqda doim aniq aytganman: o‘yinchi bo‘lganimda ham shunday his qilganman va hozir ham — murabbiy sifatida ham, muxlis sifatida ham — shu fikrimda qolaman.
Bir paytlar “Chelsi”da bo‘lganimda Mourinyo menga aytgandi: “Mening ishlashim uchun hali 30 yil bor”. Shunday ekan, men “Komo”da 10 yil o‘tkazib, keyin baribir APLga yo‘l olishim mumkin. Futbolning tayini yo‘q — hamma narsa bir soniyada o‘zgarishi mumkin: bugun sen cho‘qqidasan, ertaga pastda bo‘lishing mumkin. Keling, hozirgi lahzani qadrlaylik va kelajak nima tayyorlab qo‘yganini ko‘ramiz.
Men qanday his qilsam, shunday murabbiylik qilaman. Men o‘yinni yaxshi ko‘raman. Faqat natija uchungina murabbiylik qilmayman — bunga zaruratim yo‘q, mening o‘z prinsiplarim bor”, — deya Fabregasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.
“Arsenal” va “Chelsi”ning sobiq o‘yinchisi boshqarayotgan jamoa yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin. A Seriyaning 35-turidan so‘ng “Komo” 62 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.