locale OZ

Fabio Kannavaro: «Terma jamoaga jalb etishda futbolchilarning yoshiga e’tibor bermadim»

Bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: «Terma jamoaga jalb etishda futbolchilarning yoshiga e’tibor bermadim»
Фото: ЎФА

O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani boshlandi:

"Assalomu alaykum hammaga. Jahon chempionatiga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ryapmiz va juda qattiq ishlayapmiz. Barchamiz mundialga uchib ketishni intiqlik bilan kutyapmiz.

Murabbiy etib tayinlanganimdan keyin murabbiylar shtabi bilan birgalikda barcha futbolchilarni kuzatib bordik. Kimdir terma jamoaga chaqirilmagan bo‘lsa, demak u o‘z o‘yini bilan hali meni yetarlicha ishontira olmagan.

Terma jamoaga jalb etishda futbolchilarning yoshiga e’tibor bermadim. O‘zini ko‘rsatgan, munosib bo‘lgan futbolchilarni chaqirdim.

O‘tgan hafta yig‘inni boshladik va nazorat uchrashuvida ishtirok etdik. Hozir jamoaning jismoniy holatini yaxshilash ustida ishlayapmiz.

Barcha futbolchilar bor kuchi bilan mehnat qilmoqda. Maqsad — jamoaning jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish.

Assotsiatsiya rahbariyatiga alohida rahmat aytaman. Ular biz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda" — Fabio Kannavaro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting