Fabio Kannavaro: Raqib juda ham xavfli bo'lgan imkoniyat yarata olmadi
Misr - O'zbekiston 0:2 o'yinidan keyin oq bo'rilar bosh murabbiyi Fabio Kannavaro fikr bildirdi.
O'yin haqida
"O'yinchilar uchun juda ham xursandman. Kelganimdan beri ular qo'lidan kelganicha xarakat qilishmoqda. O'rganishga va yanada yaxshilanish uchun intilishmoqda hamda qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatishga urinishmoqda.
Bunaqa jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Raqibda top o'yinchilar bor edi. Uchrashuv boshida konsentratsiya bilan yaxshi o'ynashga harakat qildik. Birinchi va ikkinchi gollarni urdik. Shuningdek to'psiz ham yaxshi o'ynab barcha hududlarni yopishga xarakat qildik. Albatta natija biz uchun juda ham muhim lekin biz xuddi shunday holatda ishlashda davom etishimiz lozim. Taslim bo'lmasdan yanada o'zimizni yaxshilashimiz kerak.
Men baribir jismoniy holatimiz bo'yicha havotirdaman. Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz kerak. Hozircha bundan ortig'iga qodir emasmiz, lekin bu natija bizga kuch beradi.
O'runov haqidagi fikringiz
Bilmadim, biz o'yinni hozir tugatdik. Oston albatta charchagan edi. Bilaman, u borini berib harakat qildi. U jarohatdan qaytganidan keyin 3-o'yinini o'tkazdi. Uni jismoniy tarafdan yaxshilash kerak.
O'yingoh va muhit haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz.
Birlashgan Arab Amirliklariga har doim kelganimda xursand bo'laman. Bu yerda meni yaxshi kutib olishadi, yaxshi sharoitlar bor. Maydonlar sifati yaxshi holatda, yangi stadion esa ajoyib.
Eron haqida fikringiz qanday?
Eron bilan ko'p marta o'ynashgan. Bu terma jamoani juda ham xurmat qilaman. Eron Osiyoda eng kuchlilardan biri ekanligini bilaman. Ularga muammolar yaratishga harakat qilamiz.
Himoya chizig'i sizni qanchalik qoniqtiryapti va Salohni alohida ushlash bo'yicha reja ishlab chiqqan edingizmi?
Yo'q-yo'q, Salohni alohida ushlash uchun reja tuzishni iloji yo'q. Bunday o'yinchilarni faqat jamoa bo'lib o'ynagan holda imkoniyatlarini kamaytirish mumkin. Darvozabon masalasida to'psiz holatda juda ham yaxshi ishlayapti. Lekin bunday terma jamoalarga qarshi raqibni tepmasligini kutsak adashamiz, ular baribir tepishadi. Albatta juda ham qiynalgan vaziyartlarimiz bo'ldi. Ularga ham tepish uchun bergan holatlarimiz bo'ldi. Raqib juda ham xavfli bo'lgan imkoniyat yarata olmadi. Bu men uchun juda ham muhim edi.
BAAda ishlagan paytingiz va hozir O'zbekiston murabbiyi bo'lgan paytizda BAA futbolida qanday o'zgarishlarni ayta olasiz?
Umuman boshqacha. Taqqosalab bo'lmaydi. Hozir juda ham ko'p legioner futbolchilar BAAda o'ynamoqda. Ular bilan terma jamoani yanada kuchaytirish imkoniyati bor. Shu sababdan taqqoslash nato'g'ri deb o'ylayman. Hozir futbol shunaqa, har bir federatsiya shunday narsalar qilishga harakat qilmoqda.
Men O'zbekiston terma jamoasini tanladim, chunki ular ko'plab iqtidorlarni yaratishmoqda. Mahalliy o'yinchilarga e'tibor berishmoqda. Men ularni qanday ishlayotganini ko'rdim. Men Xitoyda bo'lganman. Ba'zi terma jamoalar uchun yaxshi sharoit bo'lishi mumkin, ba'zilarida uncha emas. Ba'zida qo'llab-quvvatlashmaydi. Agar Jahon chempionatiga chiqsangiz hamma xursand bo'ladi. Agar chiqa olmasangiz hamma sizdan norozi bo'ladi. Biz juda ham yaxshi yo'lda ketmoqdamiz. Qo'ldan kelganicha yaxshi qatnashishga xarakat qilamiz",-dedi mutaxassis.