Fabio Kannavaro - O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi (Romano)
Shartnoma shartlari yaqin soatlarda e'lon qilinadi va 24/48 soat ichida imzolanadi.
Photo: gettyimages
O'zbekiston milliy jamoasini vaqtinchalik Temur Kapadze boshqarib kelayotgan edi. Kapadze milliy jamoa bilan Jahon chempionati saralash bahslarining eng muhim o'yinlarida qatnashib, kerakli natijani qo'lga kirita oldi.
Milliy jamoaga bosh murabbiy tanlashda UFA nihoyat yakuniy qarorni amalga oshirdi.

Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha Italiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi, oltin to'p sohibi Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Shartnoma shartlari yaqin soatlarda e'lon qilinadi va 24/48 soat ichida imzolanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor