locale OZ

Fabio Kannavaro: Men O'zbekiston terma jamoasini tanladim, chunki ular ko'plab iqtidorlarni yaratishmoqda

O'zbekiston bosh murabbiyi Misr bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: Men O'zbekiston terma jamoasini tanladim, chunki ular ko'plab iqtidorlarni yaratishmoqda
photo: UFF

BAAda ishlagan paytingiz va hozir O'zbekiston murabbiyi bo'lgan paytizda BAA futbolida qanday o'zgarishlarni ayta olasiz, deb berilgan savolga Fabio Kannavaro quyidagicha fikr bildirdi.

"Umuman boshqacha. Taqqosalab bo'lmaydi. Hozir juda ham ko'p legioner futbolchilar BAAda o'ynamoqda. Ular bilan terma jamoani yanada kuchaytirish imkoniyati bor. Shu sababdan taqqoslash nato'g'ri deb o'ylayman. Hozir futbol shunaqa, har bir federatsiya shunday narsalar qilishga harakat qilmoqda.

Men O'zbekiston terma jamoasini tanladim, chunki ular ko'plab iqtidorlarni yaratishmoqda. Mahalliy o'yinchilarga e'tibor berishmoqda. Men ularni qanday ishlayotganini ko'rdim. Men Xitoyda bo'lganman. Ba'zi terma jamoalar uchun yaxshi sharoit bo'lishi mumkin, ba'zilarida uncha emas. Ba'zida qo'llab-quvvatlashmaydi. Agar Jahon chempionatiga chiqsangiz hamma xursand bo'ladi. Agar chiqa olmasangiz hamma sizdan norozi bo'ladi. Biz juda ham yaxshi yo'lda ketmoqdamiz. Qo'ldan kelganicha yaxshi qatnashishga xarakat qilamiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting