locale OZ

Fabio Kannavaro: «Men oxirigacha milliy jamoa mehmonxonasida futbolchilar bilan birga edim»

Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Fabio Kannavaro: «Men oxirigacha milliy jamoa mehmonxonasida futbolchilar bilan birga edim»
Фото: ЎФА

5 avgust kuni O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Toshkentga qaytmagani haqida

“O‘tgan oy mobaynida juda ko‘p har xil savollar bo‘ldi, har xil gaplar bo‘ldi, masalan, men to‘g‘rimda, milliy jamoa to‘g‘risida. Shu sababdan oldin ba’zi jihatlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Jumladan, shu jahon chempionatidan keyin men darhol Italiyaga dam olish uchun ketganim haqida gaplar bo‘ldi. Lekin men shuni ta’kidlashim kerak, men oxirigacha Nyu-Yorkda, milliy jamoa mehmonxonasida, futbolchilar bilan birga edim.

Va barcha bilan kelishgan holda yaxshi xayrlashdik va jahon chempionatidan keyin chempionat o‘yinlari darhol boshlanmagani tufayli ushbu pauzadan foydalangan holda uyga borib keldim. O‘zbekiston chempionati boshlanishi bilan men yana O‘zbekistonga qaytib, O‘zbekiston chempionatini, chempionat o‘yinlarini kuzatishga kirishdim”, - dedi Kannavaro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting