locale OZ

Fabio Kannavaro: «Jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi ish olib bordik»

Milliy jamoa bosh murabbiyi Niderlandiyaga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: «Jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi ish olib bordik»
FOTO: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Niderlandiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoaning JCh-2026 ga ko‘rayotgan tayyorgarligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Tayyorgarlik jarayonini bir oydan ham ko‘proq vaqt oldin boshlagan edik, legioner futbolchilarimiz esa safimizga biroz kechroq qo‘shilishdi. Shunga qaramay, jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi ish olib borganimizga ishonaman. Albatta, ayrim futbolchilar bilan bog‘liq hali hal etishimiz lozim bo‘lgan masalalar ham bor va biz ular ustida ishlashda davom etamiz», — deydi Kannavaro.

Ma’lumot uchun, har ikkala terma jamoa ham bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etadi. Mundial guruh bosqichida Niderlandiya terma jamoasi Yaponiya, Tunis va Shvetsiya bilan kuch sinashsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo DR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting