locale OZ

Fabio Kannavaro: «JCHdan keyin o‘yin uslubimizga o‘zgartirish kiritish kerak deb hisobladim»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Janubiy Koreyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Fabio Kannavaro: «JCHdan keyin o‘yin uslubimizga o‘zgartirish kiritish kerak deb hisobladim»
photo: gettyimages

Fabio Kannavaro: «JCHdan keyin o‘yin uslubimizga o‘zgartirish kiritish kerak deb hisobladim»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Janubiy Koreyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi. Unda turli savollarga javob berdi.

- «Hammaga salom. Janubiy Koreyaga kelish biz uchun yoqimli bo‘lgan. Ertaga jiddiy bahs kutmoqda. Jahon chempionatidan keyin milliy jamoamizda bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Bo‘lajak bahsda eng yaxshi va sifatli o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Hech kimga sir emaski, Koreya juda kuchli milliy jamoalardan biri hisoblanadi. Ularning maydonida yaxshi natija uchun harakat qilamiz.

- Jahon chempionatidan keyin yigitlarga shuni aytdimki, biz shu darajani iloji boricha saqlab qolishimiz kerak. Har yili o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, o‘z oldimizda yuqori maqsadlarni qo‘yishimizni aytdim. O‘FA va milliy jamoalar markazi bilan gaplashganimda ham 17-21 yoshdagi o‘yinchilar Superliganing top jamoalarida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Bu esa o‘sha o‘yinchini potensial imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. Milliy jamoaga chaqirishi yanada osonlashadi.

- Jahon chempionatidan keyin uchta bellashuvda ko‘proq himoyaga e’tibor bergandingiz. Janubiy Koreyaga qarshi bahsda qaysi taktikani qo‘llashingiz mumkin?

- O‘zbekiston milliy jamoasiga tayinlanganimdan keyin taktikaga ko‘p o‘zgartirish qilmaslikka qaror qilgandim. Avvalgi himoyaviy uslubni qoldirishga qaror qilgandim. Jahon chempionatidan so‘ng esa biroz o‘zgartirish qildim. O‘yin uslubini o‘zgartirish vaqti kelganini his qildim. Hozir o‘yinchilarga yangi tushunchalar bermoqdaman. Ortda qolgan vaqtda shuni angladimki, o‘zbek futbolida yoshligidan agressiv harakat qilishga o‘rgatiladi. Bu mamlakatda yoshlar juda iqtidorli ekanligini guvohi bo‘ldim. Shundan kelib chiqib, milliy jamoaning ham o‘yin uslubini o‘zgartirib, shuni ularning ongiga sindirishga harakat qilyapman. Agressiv futbolni yoqtiraman. Men ham milliy jamoaga yangi nomlarni chaqirish va ularning imkoniyatlarini ko‘rishga har doim tayyorman».

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting