locale OZ

Fabio Kannavaro: Biz raqibdan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Urugvayga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: Biz raqibdan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz
photo: UFA

O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 13-oktyabr kuni bo’lib o’tadigan Urugvayga qarshi bahs oldidan uyushtirilgan matbout anjumanida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi:

Fabio Kannavaro:
Avvalo, tashrif uchun barchaga rahmat aytaman. Biz kecha Malayziyaga yetib keldik va tiklanish mashg‘ulotlarini olib bordik hamda ertangi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. Bu avvalgi uchrashuvdan ko‘ra farqli o‘yin bo‘ladi. Dunyodagi eng kuchli jamoa va eng kuchli murabbiylardan biri — Marselo Byelsaga qarshi bahs olib boramiz. Bizni oldinda qiyin o‘yin kutib turibdi. Biz raqibdan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, lekin maydonda borimizni beramiz.

Bu o‘zimizni ko‘rsatishimiz uchun yaxshi imkoniyat. Ko‘proq to‘pni nazorat qilishga harakat qilamiz, chunki ularga imkoniyat berib bo‘lmaydi. Vaziyatni o‘z qo‘limizga olishimiz kerak. Har doim ham hujumda harakat qilib bo‘lmaydi.

Jahon chempionatida dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Biz aynan shunday uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Tanqidlar bo‘lishi tabiiy, lekin biz hamma sport turlarida bo‘lgani kabi natija haqida o‘ylashimiz kerak. O‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, bor imkoniyatimizni ishga solishimiz, qattiq ishlashimiz va birgalikda harakat qilishiz zarur. Bu sport va oddiy o‘yinlarida ham, barcha jihatlarni e'tiborga olish kerak.

O‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘zimizni ko‘rsatish uchun imkoniyat, chunki mundialda bunga vaqt bo‘lmaydi. Uzoq safar kutib turgani uchun, ba'zi futbolchilarni ortiqcha charchatishni istamadik, men ularning barchalari bilan gaplashdim. Jahon chempionatiga qadar bizda 8 oy vaqt bor va biz barcha futbolchilarning o‘yinini kuzatamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting